Eksklyuziv huquqlar berilgan subʼektlar roʻyxati eʼlon qilindi
Raqobat qoʻmitasi tomonidan mazkur masalada tahlillar oʻtkazilgan.

Eksklyuziv huquqlar berilgan xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning roʻyxati eʼlon qilindi.
Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan tahlillar natijalariga koʻra, bugungi kunda aholining sogʻligʻi, huquq va manfaatlarini, shuningdek davlat va jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini taʼminlash maqsadida muayyan bozorlarda faoliyat yuritish uchun 67 ta tadbirkorlik subʼektlari va davlat tashkilotlarida 81 ta faoliyat turlari boʻyicha eksklyuziv huquqlar mavjudligi maʼlum boʻldi.
Ular ichida "Oʻzagrosugʻurta", "Oʻzbekiston pochtasi", "Oʻzbekekspertiza" kabi tashkilotlar bor.
Oʻtgan davr mobaynida, Prezidentning tegishli qarorlari bilan iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yoʻl ochish maqsadida 24 ta tadbirkorlik subʼektlari va davlat tashkilotlariga berilgan eksklyuziv huquqlar bekor qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 fevraldagi PF-35-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Raqobat qoʻmitasi tomonidan Eksklyuziv huquqlar berilgan xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning roʻyxati shakllantirildi va eʼlon qilindi.
Roʻyxat bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Oʻz navbatida, Raqobat qoʻmitasi Eksklyuziv huquqlarni aniqlash boʻyicha tahlillarni tizimli ravishda davom ettirishini bildirgan.
Natijalar boʻyicha mazkur Eksklyuziv huquqlar berilgan xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
