platina.uz
Jamiyat

Yoʻnalishsiz taksilarga yangi huquqlar beriladi

Ular "Toʻxtash taqiqlangan" yoʻl belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda toʻxtash imkoniga ega boʻladi. 

Yoʻnalishsiz taksilarga yangi huquqlar beriladi

“Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish faoliyatini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi Hukumat qarori (200-son, 02.04.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilarga quyidagi huquqlar beriladi:

-yoʻlovchilarni olish va tushirish maqsadida “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda toʻxtash;

-aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, avtovokzallar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pulli toʻxtash joylariga yoʻlovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;

-yoʻnalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yoʻlagi boʻylab harakatlanish.

Bundan tashqari, 2025 yil 15 apreldan 2026 yil yakunigacha eksperiment tariqasida Toshkent shahrida turlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq va 8 tadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqlarga hamda yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.

Bunda oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilarga litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji BHMning 3 barobari miqdorida undiriladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid