platina.uz
Siyosat

Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Oʻzbekistonga keldi

Samarqand xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. 

Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Oʻzbekistonga keldi

Joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti boʻlib oʻtadi.

Bugun, 2 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtadigan mazkur sammit ishida qatnashish uchun Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan soʻng, Yevropa kengashi Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga joʻnab ketdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid