platina.uz
Siyosat

Mirziyoyev Yevropa Kengashi prezidenti bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi

Unda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilingan. 

Mirziyoyev Yevropa Kengashi prezidenti bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 aprel kuni kechqurun Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.

Yevropa Ittifoqining oliy martabali vakili bugun ertalab Oʻzbekistonga keldi va Buxoro shahriga tashrif buyurib, xalqimizning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Boʻlajak "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid