Miroboddagi suv havzasi uchun 2 mlrd soʻmdan oshiq pul ajratiladi
Mablagʻ Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan beriladi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov pul ajratish boʻyicha qarorni imzoladi.
2025 yil 2 aprelda eʼlon qilingan hujjatga koʻra, Miroboddagi 1-son yopiq suv havzasini rekonstruksiya qilish uchun 2,1 mlrd soʻm ajratiladi.
Pul shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga ajratiladi.
Hokimning birinchi oʻrinbosari B. Haydarov mablagʻlar sarfi boʻyicha deputatlar kengashiga maʼlumot kiritadi. Qaror ijrosini nazorat qilish ham B.Haydarov zimmasiga yuklangan.
Avvalroq Andijonda hududlarni rivojlantirish uchun 31 mlrd ajratilgandi.