platina.uz
Jamiyat

"Issiqlik taʼminoti" aksiyadorlik jamiyatiga rais tayinlandi

Ilhom Toʻrayev avval Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida boshqarma boshligʻi boʻlib ishlagan. 

"Issiqlik taʼminoti" aksiyadorlik jamiyatiga rais tayinlandi

"Issiqlik taʼminoti" aksiyadorlik jamiyatiga rahbar tayinlandi.

Prezidentning "Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida "Issiqlik taʼminoti" aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgandi.

Hukumat qarori bilan Toʻrayev Ilhom Habibullayevich "Issiqlik taʼminoti" AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ilhom Toʻrayev Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va ekspluatatsiya faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid