platina.uz
Video

Diplom bor, ish yoʻq. Ayb kimda?

Har yili yuz minglab kadrlarni yetishtirib beradigan oliy taʼlimdami yoki ularga ish topib berolmaydigan bandlik tizimidami?

Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini oshirish va tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishgan paytda mamlakatda ishsizlar soni 1,3 million kishini tashkil etgani aytilgan.

Shuningdek, 2025 yilda jami 5 million 200 ming nafar aholini band qilish, jumladan, banklar tomonidan 3 milliondan ziyod kishini ish bilan taʼminlash rejalashtirilgan.

Agar mamlakatdagi 18-22 yoshli yoshlar sonini taxminan 3 million deb olsak, ularning 42 foizi oliy taʼlimda tahsil olmoqda, yaʼni taxminan 1,26 million talaba. Oliy taʼlim odatda 4 yil davom etishini hisobga olsak, har yili taxminan 315 ming talaba universitetlarni bitiradi.

Statistik maʼlumotlarga koʻra: yoshlar orasidagi ishsizlik darajasi yillar davomida oʻzgarib kelmoqda. 2022 yil 1 yanvar holatiga koʻra, 16-30 yoshgacha boʻlganlar orasida ishsizlik darajasi 15,1 foizni tashkil etgan. 2022 yilning birinchi yarmiga kelib, 16-30 yoshgacha boʻlganlar orasida ishsizlik darajasi 14,5 foizgacha pasaygan. 2024 yilda umumiy ishsizlik darajasi yil boshidagi 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaygan.

Batafsil yuqoridagi videolavhada.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid