platina.uz
Jamiyat

Masjid portlashi qurbonlari soni yana bittaga koʻpaydi

Muftiy andijonlik imom-xatiblar bilan tezkor yigʻilish oʻtkazdi.

Masjid portlashi qurbonlari soni yana bittaga koʻpaydi

Izboskan tumanidagi masjid portlashida halok boʻlganlar soni 4 kishiga yetdi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, toʻrtinchi jasad kecha kechqurun vayronalar orasidan chiqarib olingan.

Bugun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Andijon viloyatidagi tuman-shahar bosh imom-xatiblarining masjidlarda xavfsizlik texnikasiga rioya qilishga bagʻishlangan tezkor yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasida boʻlgani kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish, masjid maʼmuriyatining masʼuliyatini oshirish, har bir obʼekt va texnik xizmat koʻrsatish qurilmalariga alohida javobgar shaxs tayinlash yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Eslatib oʻtish kerak, kecha Ahmadali Hoji jomeʼ masjidida gaz portlagan. Oqibatda 3 kishi halok boʻlgan, 10 kishi jarohatlangan.

Ushbu hodisa boʻyicha jinoiy ish ochilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid