Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Samarqandga keladi
Oʻzbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammiti yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 4-6 aprel kunlari Samarqandga keladi.
Ular Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti yigʻilishida ishtirok etadi.
Jumladan Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati quyidagicha xabar berdi:
"Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qosim-Joʻmart Toʻqayev 3-4 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi Qozogʻiston Prezidenti Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti yigʻilishida ishtirok etadi, shuningdek, qator uchrashuvlar oʻtkazadi".
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston rahbarlari uch tomonlama uchrashuv oʻtkazgandi.