Andijonda hududlarni rivojlantirish uchun 31 mlrd soʻm ajratiladi
Pulning uchdan ikki qismi Andijon shahri uchun beriladi.

Andijon viloyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun 31 mlrd soʻm ajratiladi.
Pul 2025 yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan ajratilishi koʻzda tutilgan. Bu haqda Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori eʼlon qilindi.
Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi va gʻaznachilik boshqarmasi mablagʻni tegishli tartibda yoʻnaltirishni taʼminlaydi.
Qaror ilovasida qayd etilishicha, Andijon shahri uchun 22,5 mlrd soʻm beriladi. Xonobod shahriga 30 mln soʻm, Andijon tumaniga 1,2 mlrd soʻm, Boʻston tumaniga 4,5 mlrd soʻm taqdim etiladi. Bundan tashqari Izboskan tumaniga 220 mln soʻm, Oltinkoʻlga esa 2,4 mlrd soʻm ajratiladi.
Avvalroq Toshkentda soliq sohasiga 5 mlrd soʻm andijratilgandi.