“Yoshlar ovozi” respublika tanlovi gʻolibi yana bir xalqaro tanlovda gran-prini qoʻlga kiritdi
Yasmina Husniddinova Italiyada boʻlib oʻtgan Sanremo Junior xalqaro tanlovida 25 ta davlatdan kelgan ishtirokchilar orasida gran-pri sohibi boʻldi.

Yasmina bugunga qadar koʻplab xalqaro va respublika tanlovlarda ishtirok etib, gran-pri, oltin gran-pri va super gran-prilarni qoʻlga kiritgan.

Xususan, “Hayot musiqasi” («Muzыka Jizni») xalqaro koʻp janrli tanlovi, “Quyosh uyi Turkiya” («Dom solnsa Tursiya») xalqaro festivali, “Baxtli elning bolasi” («Bakыttы yeldin urpagi») xalqaro tanlovi, “Sharq atirguli 2023” («Roza Vostoka 2023») Xalqaro koʻpjanrli festival-tanlovi, “Shark talent” yosh isteʼdodlar respublika tanlovida gran-pri, “Jahon yoshlar sanʼati” («Mirovoye molodejnoye iskusstvo») Xalqaro tanlovi, XIV “Qobiliyatli bolalar” («Odaryonnыe deti») marafonida oltin gran-pri, I “Toshkent katta festivali” («Tashkent grand festival»)da super gran-pri, “Yoshlar ovozi” – Boʻzatov FEST tanlovining respublika bosqichida 1-oʻrin (2024-yil), Belorussiyada oʻtkazilgan XXII “VITEBSK–2024” Xalqaro bolalar musiqa tanlovida gran-prini (2024 yil) olgan.
Yasminaning Boʻzatov FEST’dagi ishtiroki haqida

“Yoshlar ovozi” – Boʻzatov FEST haqida birinchi marta eshitgan Yasmina hali 9 yosh boʻsagʻasida boʻlgan. Tanlovda ishtirok etish uchun yoshi toʻgʻri kelmagani bois oʻsha yilda oʻtkazilgan mavsumda qatnasha olmagan.
Ammo prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tanlovning keyingi mavsumlarida Yasminaning orzusi ushalib, ishtirokchiga aylandi. Tanlovda shunchaki ishtirokchi boʻlibgina qolmasdan, uchinchi mavsum gʻoliblari safidan joy olishga muvaffaq boʻldi.