Samarqand shahriga kirish yopiladi, talabalarga qisqa taʼtil beriladi
Sababi u yerda birinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti boʻlib oʻtadi.

3-5 aprel kunlari Samarqandda birinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti munosabati bilan shaharga kirish yoʻllari vaqtincha yopiladi, talabalarga qisqa muddatli taʼtil beriladi.
Shu sababli viloyat hududidan tranzit oʻtuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilgan. Bu uchun maxsus flayer ishlab chiqilgan boʻlib, undagi QR-kod orqali tashkil etilgan aylanma yoʻllar haqida maʼlumot olish mumkin.
Shuningdek, sammit kunlari xavfsizlikni taʼminlash uchun Samarqand shahrining quyidagi koʻchalarida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi:
- Ibn Sino;
- Afrosiyob;
- Dahbed;
- Boʻstonsaroy;
- Universitet xiyoboni;
- Namozgoh;
- Sadriddin Ayniy;
- Shabod;
- Usta Umar Joʻraqulov;
- Registon;
- Beruniy;
- Mirzo Ulugʻbek.
Ushbu koʻchalarda, istisno tariqasida, tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar boʻlinmalariga harakatlanishga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, 1-5 aprel kunlari quyidagi oliygohlarga qisqa taʼtil beriladi:
- SamDU;
- SamDChTI;
- SamISI;
- "Ipak yoʻli" Xalqaro universiteti;
- TATU Samarqand filiali;
- SamDTU;
- Oʻzbek-Finlandiya pedagogika instituti.
Oʻquv jarayonlari 7 aprel, dushanba kundan boshlanadi. Mazkur taʼtil yozgi taʼtil hisobidan olinadi.