platina.uz

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi ittifoqchilik shartnomasi kuchga kirdi

Shartnoma oʻtgan yili 18 aprel kuni Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi ikki tomonlama sammitda imzolangan edi.

Siyosat
2 kun avval, 12:32
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi ittifoqchilik shartnomasi kuchga kirdi

Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari Xoʻjand shahrida muzokara oʻtkazdilar.

Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon huzurida tashqi siyosat idoralari rahbarlari Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomaning kuchga kirishi haqidagi bayonnomani imzoladilar va ratifikatsiya yorliqlarini almashdilar.

Shartnoma oʻtgan yili 18 aprel kuni Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi ikki tomonlama sammitda imzolangan edi.

Hujjat ratifikatsiya yorliqlari almashilgan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+