Andijondagi masjid tahoratxonasida portlash sodir boʻldi
Hodisa sabab jabrlanganlar borligi aytilmoqda.
Jamiyat
2 kun avval, 13:08

Andijon viloyati Isboskan tumanidagi masjid tahoratxonasida portlash sodir boʻldi.
Joriy yilning 31 mart kuni soat 12:19 da Izboskan tumani, Mirzo Ulugʻbek MFY hududida joylashgan Ahmadali Hoji jomeʼ masjidida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʻlganligi haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga koʻra, viloyat FVB rahbariyati va masʼullar hodisa joyiga yetib borgan. Hozirda vaziyat toʻliq nazoratga olingan.
Hodisa sabab 6 kishi jabrlangan.
Qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi.