platina.uz

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi

U yerda Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanadi.

Siyosat
2 kun avval, 19:44
Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 31 mart kuni amaliy tashrif bilan Xoʻjand shahrida boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston yetakchilarining qoʻshma uchrashuvi hamda ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Kun tartibidan mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Tadbir yakunida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi toʻgʻrisidagi shartnomani imzolash koʻzda tutilgan.

Davlat rahbarlari sanʼat ustalarining qoʻshma konsertida ham ishtirok etadilar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+