platina.uz

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga amaliy tashrif bilan bordi

Uni aeroportda Qosim-Joʻmart Toʻqayev kutib oldi. Ular savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika va boshqa masalalarda muzokaralar oʻtkazadilar. 

Siyosat
4 kun avval, 12:31
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga amaliy tashrif bilan bordi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga keldi.

Davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev kutib oldi. Oʻzbekiston yetakchisi sharafiga faxriy qorovul saflandi va ikki mamlakat bayroqlari koʻtarildi.

Bugun Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari norasmiy uchrashuv oʻtkazadilar. Kun tartibidan savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, hududlar oʻrtasidagi faol aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari oʻrin olgan.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+