platina.uz

Qashqadaryoda bir guruh gaz mansabdorlari sudga tortildi

Ular hujjatlarni soxtalashtirib, suyultirilgan gaz fondi mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilishgan. 

Jamiyat
3 kun avval, 17:58
Qashqadaryoda bir guruh gaz mansabdorlari sudga tortildi

2025 yil 14 fevral kuni jinoyat ishlari boʻyicha Qamashi tuman sudi binosida bir guruh gaz sohasi xodimlariga nisbatan sud ishi koʻrib chiqildi. Sud hukmi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, A.B “Gʻuzortumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi Suyultirilgan gaz xizmati boshligʻi lavozimida ishlab kelgan. U suyultirilgan gaz miqdori mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda tasdiqlangan hududlar kesimidagi grafiklarga boʻyicha taʼminlanishi belgilanganidan xabardor boʻlsada, “Gʻuzortumangaz” gaz filiali gaz ballonlari oʻrnatuvchi chilangari T.A. va suyultirilgan gaz boʻyicha texnik hisobchi T.X bilan oldindan oʻzaro til biriktirgan. Ular ikki mahalladagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻtkazilgan va vafot etgan aholi xonadonlariga 2020 yilning mart- sentabr oylarida soxta reyestrlar rasmiylashtirib, fuqarolarning imzolarini soxtalashtirib hamda vafot etgan fuqarolarga chiqim qilishgan. Fuqarolarga 66.820 kg. imtiyozli narxda 74.838.400 soʻmlik maishiy gaz ballonlarni chiqim qilishib, imtiyozli narxdagi 74.838.400 soʻm pullarni goʻyoki fuqarolar nomidan kirim qilishib, suyultirilgan gaz fondi mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilishgan.

B.A. oʻzining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, jinoiy sherigi T.A va T.X bilan yuqoridagi jinoyatni yashirish maqsadida takroran soxta reyestrlar rasmiylashtirib, davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sababchi boʻlgan.

Bundan tashqari u oʻnga yaqin sheriklari bilan amalda tarqatilmagan 89.540 kg suyultirilgan gaz mahsulotlarini “Ye-GAZ Billing” dasturiga tarqatilganligi haqida soxta maʼlumotlarni kiritishga erishib, imtiyozli narxdagi 100.284.800 soʻmlik suyultirilgan gaz fondi mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

B.A. mazkur qilmishini yashirish maqsadida oylik yozma hisobotlarga takroran soxta yozuv va maʼlumotlar kiritib, isteʼmolchilarning xabarisiz ularning nomidan tergovda aniqlash imkoni boʻlmagan “PAYNET” shoxobchasidagi toʻlov tizimi orqali aholi isteʼmoli uchun beriladigan imtiyozli narxdagi 100.284.800 soʻm toʻlovni naqd pul shaklida toʻlagan.

“Gʻuzortumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi Suyultirilgan gaz boʻyicha yetakchi muhandisi sifatida ishlagan T.A esa texnik hisobchi bilan til biriktirib, fuqarolarga 19.580 kg. imtiyozli narxda 21.929.600 soʻmlik maishiy gaz ballonlarni chiqim qilishib, imtiyozli narxdagi 21.929.600 soʻm pullarni goʻyoki fuqarolar nomidan kirim qilishib, 19.580 kg. suyultirilgan gaz fondi mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilishgan.

N.X. esa “Gʻuzortumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi chilangar taʼminotchisi sifatida ishlagan. U jami 196 ta isteʼmolchilarga 18.120 kg boʻlgan imtiyozli narxdagi 20.294.400 soʻmlik suyultirilgan gazni tergovda aniqlash imkoni boʻlmagan shaxslarga sotib yuborib oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Sud majlisida ayblanuvchilar oʻz ayblarini inkor etishdi. Biroq ayblar faktlar,hujjatlar va guvohlar koʻrsatmasi asosida tasdiqlangan.

Yakuniy sud hukmiga koʻra, B.A.ga 2 yil 8 oy 10 kun ozodlikni cheklash jazosini qisman qoʻshib, oʻtash uchun uzil-kesil 2 yil 6 muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda yashash uyidan kech soat 22:00dan soat 06:00ga qadar chiqishi cheklangan holda 3 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Qolgan ayblanuvchilarga nisbatan boʻlgan ishlar tugatilgan va ular jazodan ozod etilgan. Yetkazilgan moddiy zararlar qoplangan.

Mazkur sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+