platina.uz

“Toshshahartransxizmat” sobiq rahbari Anvar Joʻrayev 7,5 yilga qamaldi

Sud hukmi joriy yilning fevral oyida chiqarilgan. Joʻrayev bilan birga yana 20 kishiga ham hukm oʻqildi. Biroq sobiq mansabdor ayblarini inkor etgan. 

Jamiyat
5 kun avval, 16:18
“Toshshahartransxizmat” sobiq rahbari Anvar Joʻrayev 7,5 yilga qamaldi

“Toshshahartransxizmat” sobiq rahbari Anvar Joʻrayev davlat mulkini talon-toroj qilish, mansab soxtakorligi kabi moddalarda aybdor deb topilib, 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sud hukmi joriy yilning fevral oyida eʼlon qilingan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tumani sudi binosida 2025 yilning 3 fevral kuni Anvar Joʻrayev va yana 20 kishiga nisbatan sud hukmi chiqarilgan.

Anvar Joʻrayev 3 yil «Toshshahartransxizmat» tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik bor lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Unga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda koʻp miqdorda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish); 184-moddasi 3-qismi (juda koʻp miqdorda soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash); 184 prim 1-moddasi 2-qismi (juda koʻp miqdorda byudjet va smeta-shtat intizomini buzish); 205-moddasi 2-qismi «a» bandi (juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish);209-moddasi 2-qismi «a» bandi (takroran mansab soxtakorligi); 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) kabi ayblovlar qoʻyilgan. Biroq u oʻziga qoʻyilgan ayblarni inkor etgan.

«Toshshahartransxizmat» sobiq boshqaruv raisi oʻrinbosari Abdujamil Azizov ham 3 yil «Toshshahartransxizmat» tizimida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

«Toshavtotaʼmirxizmat» raisi Husan Mahkamov esa 3 yil muddatga «Toshshahartransxizmat» AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan ayrilib, 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. «Toshavtotaʼmirxizmat» raisi oʻrinbosari Ahmad Alimov ham 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U ham 3 yil muddatga «Toshshahartransxizmat» AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum boʻldi.

«Toshavtotaʼmirxizmat» raisi oʻrinbosari Ahmad Alimov ham 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U ham 3 yil muddatga «Toshshahartransxizmat» AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum boʻldi. 8-avtobus saroyining sobiq rahbari Bekzod Ibragimovga 3 yil muddatga «Toshshahartransxizmat» AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 2 yil 3 oy 3 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

  • Hukm qonuniy kuchga kirgandan soʻng Anvar Joʻrayev, Abdujamil Azizov, Husan Mahkamov, Ahmad Alimov, Habibullo Muzaffarov, Kozimbek Xudoyorovdan solidar tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligi foydasiga 2 mlrd 146 mln 309 ming soʻm;

  • Anvar Joʻrayev, Abdujamil Azizov, Bekzod Ibragimov, Shuhrat Ahmedov, Ismoil Baratov, Najmiddin Davlatov, Dilshod Toshpoʻlatov, Shoaziz Ashirov va Ravshan Atamuhammedovlardan solidar tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligi foydasiga 905 mln 800 ming soʻm;

  • Abdujamil Azizov, Bekzod Ibragimov, Shuhrat Ahmedov, Sunnat Rahimberdiyev, Baxtiyor Sharipovlardan solidar tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligi foydasiga 66 mln 251 ming soʻm;

  • Dilshod Toshpoʻlatov, Ravshan Atamuhammedov va Nargiza Abdurahmonova va Bekzod Ibragimovlardan solidar tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligi foydasiga 196 mln 471 ming soʻm;

  • Bekzod Ibragimovdan vazirlik foydasiga 66 mln 654 ming soʻm undirish belgilangan.

    Anvar Joʻrayev 2024 yil fevral oyida qoʻlga olingandi. Noyabr oyida esa "Toshshahartrans"ga yangi rahbar tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+