platina.uz

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga boradi

Davlat rahbari Olmaotada Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazadi. 

Siyosat
5 kun avval, 15:02
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga boradi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevning taklifiga binoan 29 mart kuni oliy darajadagi norasmiy uchrashuv oʻtkazish uchun amaliy tashrif bilan Olmaota shahrida boʻladi.

Ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar koʻrib chiqiladi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish eʼtibor markazida boʻladi.

Eslatib oʻtish joizki, oʻtgan yilning aprel oyi boshida Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilarining shunday ikki tomonlama uchrashuvi Xiva shahrida boʻlib oʻtgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+