platina.uz

Shavkat Mirziyoyev 500 nafarga yaqin kishini afv etdi

Afv etilgan shaxslarning 100 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etildi. 

Siyosat
4 kun avval, 19:53
Shavkat Mirziyoyev 500 nafarga yaqin kishini afv etdi

Prezident 500 nafarga yaqin mahkumni afv etishga doir farmonni imzoladi.

Konstitutsiyaning 109-moddasi 23-bandiga asosan, Prezident Shavkat Mirziyoyev jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 488 nafar shaxsni afv etishga doir farmonini imzoladi.

Afv etilgan shaxslarning 100 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etildi, 268 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 34 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.

Shuningdek, 86 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 17 nafarini chet el fuqarolari, 37 nafarini ayol, 37 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 167 nafarini yoshlar (shulardan, 1 nafari voyaga yetmagan) hamda 5 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+