Rustam Jumayev Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi
Polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshligʻi lavozimini egalladi.

Prezidentning qarori bilan Rustam Jumayev Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari – Moliya, taʼminot va qurilish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Jumayev Rustam Shuhratovich Hisob palatasining turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Prezidentning farmoyishi bilan polkovnik Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar polkovnik Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shu kunga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelgan general-mayor Haydarov Ravshan Haydarovich nafaqaga chiqishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.