platina.uz

Futbol boʻyicha DXX kubogi boshlanmoqda

Dastlabki bosqich aprel va may oylarida oʻtkaziladi. 

Sport
5 kun avval, 13:25
Futbol boʻyicha DXX kubogi boshlanmoqda

Aprel oyidan futbol boʻyicha DXX kubogi boshlanadi.

Davlat xavfsizlik xizmati, Sport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida futbol va mini-futbol boʻyicha anʼanaviy DXX kubogi oʻtkaziladi.

16 yoshdan – 30 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogida ishtirok etishlari mumkin.

1 – bosqich. Tuman/shahar saralash musobaqalari: aprel-may oylarida;

2 – bosqich. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar boʻyicha saralash musobaqalari: iyun-iyul oylarida;

3 – bosqich. Respublika final bosqichi musobaqalari: avgust oyida boʻlib oʻtadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+