platina.uz

Boysundagi gaz konida vodorod sulfid otilishi yuz berdi

Tabiatga ziyon yetkazmaslik va havo ifloslanishining oldini olish maqsadida quduq yoqib qoʻyilgan. 

Jamiyat
5 kun avval, 10:15
Boysundagi gaz konida vodorod sulfid otilishi yuz  berdi

Boysundagi gaz konida vodorod sulfidining otilishi yuz berdi. Bu haqda energetika vazirligi xabar berdi.

Joriy yilning 27 mart kuni kech soat 21 lar atrofida “M-25” gaz konidagi 202-sonli quduqda vodorod sulfidining otilishi yuz bergan. Tabiatga ziyon yetkazmaslik va havo ifloslanishining oldini olish maqsadida quduq yoqib qoʻyildi.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining brigadasi yetib borgan.

Shuningdek, ishlarni tashkil etish maqsadida Energetika vazirligi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar tarkibida tashkil etilgan maxsus shtab vakillari ham hodisa joyiga yetib kelgan.

Ayni paytda kerakli barcha chora-tadbirlar zarur texnika hamda uskunalardan samarali foydalanilgan holda olib borilmoqda. Shuningdek, xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha kuchaytirilgan choralar koʻrilmoqda.

"Alohida taʼkidlash lozimki, yuzaga kelgan mazkur holat aholi va yaqin atrofdagi hududlarga hech qanday xavf tugʻdirmaydi. Jarayon Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi mutaxassislari tomonidan toʻliq nazorat ostiga olingan", deyiladi vvazirlik xabarida.

Hozirgi vaqtda ushbu vaziyat hamda yongʻinning kelib chiqishi sabablari oʻrganilmoqda. Bu haqdagi batafsil maʼlumot ishlar yakunlanganidan soʻng maʼlum qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, “M-25” gaz konini oʻzlashtirish jarayoni oʻziga xos murakkablikka ega boʻlib, bu yerda xalqaro tajribadan foydalanib, kuchaytirilgan nazorat choralari amalga oshirilmoqda, deya taʼkidlaydi vazirlik.

Eslatib oʻoʻtamiz, Boysundagi gaz konida texnogen vaziyat 2024 yil sentabrda boshlangandi. Oqibatda bir necha kishi halok boʻldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+