platina.uz
Jamiyat

Ulugʻbek Joʻrayev Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Bungacha u hokimlikda kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Ulugʻbek Joʻrayev Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Andijon viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi.

Joʻrayev Ulugʻbek Shuhratjon oʻgʻli Andijon viloyat hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

U 1990 yilda Andijon tumanida tugʻilgan. Andijon qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2015 yilda Andijon shahar moliya boʻlimida xoʻjalik ishlari mudiri sifatida boshlagan.
2016-2020 yillarda Andijon tumani hokimligi moliya boʻlimining byudjet boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari hamda boʻlim boshligʻi, 2022-2023 yillarda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Andijon viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Ushbu tayinlovga qadar Andijon viloyat hokimligining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid