platina.uz

Ramazon hayitida metroning ishlash tartibi eʼlon qilindi

30 mart kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi. 

Jamiyat
27-mart, 9:45
Ramazon hayitida metroning ishlash tartibi eʼlon qilindi

Ramazon Hayiti bayrami kuni Toshkent metrosida poyezdlar harakatlanish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Aytilishicha, 30 mart kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, yaʼni soat 04:00 dan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

Poyezdlar harakati intervali shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qoʻshimcha dam olish kunida (31 mart) metro poyezdlari intervali yakshanba kuni uchun tasdiqlangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Musulmonlar idorasi axborotiga koʻra hayit 30 martga toʻgʻri keladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+