platina.uz

Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlar javobgarlikka tortiladi

Bunday shaxslar 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. 

Jamiyat
6 kun avval, 14:31
Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlar javobgarlikka tortiladi

Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Qonun (OʻRQ-1051, 27.03.2025 y.) bilan Jinoyat kodeksiga oʻzgartirish kiritildi

Qonun bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasiga ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlik hamda ushbu faoliyatni moliyalashtirganlik uchun javobgarlikni belgilovchi oʻzgartirish kiritish nazarda tutilmoqda.

Qonunga koʻra, shaxsning ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtishi, shu jumladan ommaviy tartibsizliklarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va koʻnikmalarini egallashi, oʻquv chogʻida qurol-yarogʻ, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini oʻrganishi - BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Shuningdek, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u oʻquvdan oʻtganligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday oʻquvdan oʻtgan, oʻquvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek oʻquv oʻtkazilgan joyni aniqlashga faol koʻmaklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi belgilandi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+