platina.uz
Jamiyat

Xaridorni kamsituvchi shartlar qoʻygan korxona jarimaga tortildi

Raqobat qoʻmitasi Navoiyda ustun mavqega ega deb topilgan tashkilot faoliyatini oʻrgandi. 

Xaridorni kamsituvchi shartlar qoʻygan korxona jarimaga tortildi

Raqobat qoʻmitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ustun mavqeiga ega “QIZILTEPA TUMAN YO`LLARDAN FOYDALANISH” DM faoliyati oʻrganildi.

Korxona tomonidan 2024 yil davomida asfaltbeton issiq, sovuq qorishmasi, qora sheben mahsulotlarini sotish boʻyicha tuzilgan shartnomalarni amaldagi meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Olib borilgan oʻrganish natijalariga koʻra, “QIZILTEPA TUMAN YO`LLARDAN FOYDALANISH” DM tomonidan oʻtgan yil davomida tuzilgan 4 ta shartnomalarning barchasida xaridor uchun kamsituvchi shartlar kiritilganligi bois korxona oʻz ustun mavqeidan foydalanish alomatlari mavjudligi aniqlangan.

Misol tariqasida, shartnomalarning qoʻyidagi bandlarida:

-yetkazib berilgan mahsulotlar haqini kechiktirilganligi uchun “Xaridor” kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 % miqdorida, lekin shartnoma summasining 50 % dan oshmagan miqdorda penya toʻlashi qayd etilganligi;

-mahsulotlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirilganligi uchun “Mahsulot yetkazib beruvchi” kechiktirilgan har biri kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,4 % miqdorida, lekin ushbu summasining 10 % dan oshmagan miqdorda, penya toʻlash sharti kiritilganligi;

Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan "QIZILTEPA TUMAN YO`LLARDAN FOYDALANISH” davlat muassasasiga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid