platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahar FVB boshligʻi oʻrinbosari qamoqqa olindi

U binolarning eskiz loyihasini tasdiqlash, yongʻindan avtomatik tarzda xabar beruvchi qurilmalar boʻyicha tuzilgan dalolatnomalarni imzolash jarayonida tamagirlik qilgani aytilmoqda.  

Toshkent shahar FVB boshligʻi oʻrinbosari qamoqqa olindi

Toshkent shahar FVB boshligʻi oʻrinbosari qamoqqa olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan.

Tadbirlar davomida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Jumladan, mazkur mansabdor shaxs oʻz xizmat mavqeini suiisteʼmol qilib, Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihasini tasdiqlash, yongʻindan avtomatik tarzda xabar beruvchi qurilmalar boʻyicha tuzilgan dalolatnomalarni imzolash hamda yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolarni Davlat qabul komissiyasiga foydalanishga topshirilishida ijobiy xulosa berish evaziga doimiy ravishda tamagirlik yoʻli bilan pora olib kelgan.

Bunday obʼektlar ichida umumiy oʻrta taʼlim maktabi va tibbiyot muassasasi binolari ham bor.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid