platina.uz

Soʻz ustasi Shukrullo Isroilovning mashinasi oʻgʻirlandi

Oʻgʻri mashina ochiq ekanligidan foydalangan. 

Madaniyat
7 kun avval, 17:44
Soʻz ustasi Shukrullo Isroilovning mashinasi oʻgʻirlandi

Soʻz ustasi Shukrullo Isroilovning mashinasi oʻgʻirlandi. Poytaxt IIBB hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

Aytilishicha, Toshkent shahar IIBBga poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumani hududida Mercedes-Benz rusumli avtomashina olib qochilgani toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan. Oʻgʻri mashina ochiq qolganidan foydalangan.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida mashina Chilonzor tumani Zargarlik koʻchasida toʻxtatilgan va 27 yoshli yoshli gumonlanuvchi qoʻlga olingan.

"Mashina haydashga qiziqaman. Hech kim yoʻq ekan, mashinaga oʻtirib haydadim, shahar aylandim. Chilonzorda ushlashdi. Afsusdaman. Boshqa qaytarilmaydi", – deydi gumonlanuvchi.

Mashina egasi, soʻz ustasi Shukrullo Isroilov mashinasi tez muddatda topilgani uchun IIO xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

"Avvaliga birov hazil qilyapti deb oʻyladim. Xushyorlik oshirdim, uyga kirib chiqqanda ham mashinani qulflayapman", deydi u.

Gumonlanuvchi esa qamoqqa olingan va unga nisbatan JKning 267-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+