Shavkat Abdurazzoqov Yangiqoʻrgʻon tumaniga 5,7 mlrd soʻm ajratdi
Pul "Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamgʻarma"si hisobidan beriladi.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning farmoyishi bilan Yangiqoʻrgʻon tumani hokimligiga 5 mlrd 797 mln soʻm ajratildi. Farmoyish 2025 yil 26 mart kuni eʼlon qilingan.
Pul viloyat hokimligi huzuridagi “Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamgʻarma” mablagʻlari hisobidan beriladi.
Yangiqoʻrgʻon tumani hokimi mablagʻlarni toʻgʻri va maqsadli sarflanishi va ortib qolganini jamgʻarmaga qaytarish choralarini koʻradi.
Farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimi oʻrinbosari Gʻ. Jamalov zimmasiga yuklangan.
Avvalroq viloyatda turli xarajatlar uchun 19 mlrd soʻm ajratilgandi.