platina.uz

Xotin-qizlar tadbirkorligi uchun kreditlar foizlari tushirildi

"Mikrokreditbank" ayollarimiz uchun imtiyozli kredit mahsulotlari taklif etmoqda.

Biznes
25-mart, 10:50
Xotin-qizlar tadbirkorligi uchun kreditlar foizlari tushirildi

Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirish maqsadida "Mikrokreditbank" tomonidan xotin-qizlar uchun imtiyozli kredit mahsulotlari taklif etilmoqda. Endilikda xotin-qizlar oʻz biznesini boshlash yoki mavjud faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shartlarda moliyaviy koʻmak olishi mumkin.

Xususan:

  • “Hamroh” krediti stavkasi 3% ga pasaytirilib, 20,5% etib belgilandi.
  • Ayollar rahbarligidagi korxonalar va kamida 3 ta xotin-qizni ish bilan taʼminlagan tadbirkorlik subektlari uchun 300 mln soʻmgacha boʻlgan kreditlar 2% ga arzonlashtirildi.
  • “Vodiy tadbirkor ayoli” krediti orqali 5 nafar xotin-qiz bandligini yaratgan tadbirkorlar foiz stavkasining 1% ga kamayishidan foydalanishlari mumkin.
  • “Istiqbolli ayol” krediti doirasida esa 50 mln soʻmgacha boʻlgan kreditlar endi naqd shaklda yoki karta orqali ajratiladi.

Bu imkoniyatlar, ayniqsa, tikuvchilik, hunarmandchilik, pazandachilik, dekorativ sanʼat kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan yoki bu yoʻnalishlarda ish boshlamoqchi boʻlgan ayollar uchun katta imkoniyat eshigini ochadi.

  • “Hamroh” krediti stavkasi 3 foizga;
    Batafsil
  • Ayollar rahbarligidagi tadbirkorlik subʼektlari va kamida 3 ta xotin-qizni ish bilan taʼminlagan bizneslar uchun 300 mln soʻmgacha kredit stavkalari 2 foizga;
    Batafsil
  • “Vodiy tadbirkor ayoli” krediti doirasida 5 ta xotin-qizni ish bilan taʼminlagan tadbirkorlar uchun foiz stavkalari 1 foizga;
    Batafsil
  • “Istiqbolli ayol” krediti ham 1 foizga tushirildi!
    Batafsil
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+