Qozogʻistonlik yigit ChatGPT yordamida sudda gʻalaba qozondi
U oʻziga noqonuniy ravishda jarima yozishganidan shikoyat qilgan.

Qozogʻiston fuqarosi, 23 yoshli Kenjebek ChatGPT yordamida sudda gʻalaba qozondi.
Olmaotalik fuqaro noqonuniy jarima sabab politsiya departamentiga ariza bilan murojaat qilgan, biroq uning arizasi rad etilgan.
Shundan soʻng u sudga borishga qaror qildi, ChatGPT neyrotarmogʻi uning advokati sifatida ishladi.
Tarmoq yordamida Kenjebek sudga daʼvo arizasi berdi va ishni yutib olishga muvaffaq boʻldi. Telegram-kanalidagi postga izoh qoldirgan holda, u Qoʻshma Shtatlarda yuridik xizmatlar koʻrsatadigan neyron tarmogʻi (Harvey) allaqachon mavjudligini taʼkidladi.
Yigit davlat tuzilmasini pul uchun emas, balki prinsip sabab sudga berayotganini taʼkidladi.
Shu munosabat bilan viloyat boshqarmasi xodimlari kelgusida ish masalalarida yanada masʼuliyat bilan yondashishlariga umid bildirdi.
Oʻz navbatida, jurnalistlar boʻlib oʻtgan voqea yuzasidan uning sharhini olishga qaror qildi. Ammo Kenjebek suhbatdan bosh tortgan.