platina.uz

Oʻzbekiston dramatik bahsda gʻalabani qoʻldan chiqardi

Vakillarimiz Tehronda Eronga qattiq qarshilik koʻrsatdi. 

Sport
7 kun avval, 22:53
Oʻzbekiston dramatik bahsda gʻalabani qoʻldan chiqardi

Oʻzbekiston terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichida Eronga qarshi oʻyin oʻtkazdi.

Tehronda oʻtgan oʻyin dramatik tarzda kechdi. Dastlab 16-daqiqada Hojimat Erkinov hisobni ochdi.

Ammo Taremi 52-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Biroq, bir minut oʻtgach, Abbos Fayzullayev gol urdi.

Ammo 81-daqiqada Taremi yana gol urib, hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa oʻyin 2:2 hisobida tugadi.

Natijada Eron birinchi boʻlib JChga yoʻl oldi. Oʻzbekiston hisobida 17 ochko bor. Keyingi oʻyin 5 iyunda BAAga qarshi boʻlib oʻtadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+