platina.uz

Narxlarni sunʼiy oshirgan qator subʼektlarga chora koʻrildi

Tashkilotlar orasida Bekobod sement zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari ham bor. Narx manipulyatsiyasi ortidan 77,7 mlrd soʻm asossiz daromad olingan. 

Iqtisod
25-mart, 12:25
Narxlarni sunʼiy oshirgan qator subʼektlarga chora koʻrildi

Raqobat qoʻmitasi narxlarni sunʼiy oshirgan tashkilotlarga chora koʻrdi.

Qoʻmita tomonidan oʻtgan 2024 yilda 165 ta holatda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilganligi boʻyicha 156 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan.

Jumladan, 55 ta holatda xoʻjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan narxlar sunʼiy oshirilishi bilan bogʻliq manipulyatsiya harakatlari sodir etilganligi va buning natijasida 77,7 mlrd soʻm mablagʻlar asossiz olinganligi aniqlanib, ushbu mablagʻlarni qaytarish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, 94 ta xoʻjalik yurituvchi subʼektga "Raqobat toʻgʻrisida"gi Qonuniga asosan moliyaviy jarimalar qoʻllanilgan.

Jumladan, Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan “BEKOBODSEMENT” AJ yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi sement mahsulotini birja savdolariga qoʻymasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotgan. Natijada, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilib, asossiz daromad olingan.

"Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MChJ tomonidan ham manipulyatsiya harakatlari amalga oshirilib, asossiz daromad olingani aniqlangan.

Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “GTL GAZ” MChJ ham manipulyatsiya holatlarini sodir etib, asossiz daromad olganligi aniqlangan.

Yuqoridagilarga koʻra, barcha xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻllanildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+