platina.uz
Jamiyat

2025 yil eng issiq besh davrdan biri boʻlishi mumkin

Atmosferaning holati va havo haroratining oshishiga okean haroratining yuqoriligicha qolayotgani taʼsir koʻrsatmoqda. 

2025 yil eng issiq besh davrdan biri boʻlishi mumkin

2025 yil meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq besh yildan biri boʻlishi mumkin. Bu haqda Rossiya Gidrometeorologiya markazi ilmiy rahbari Roman Vilfand matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Uning eslatishicha, 2024 yil rekord darajadagi eng issiq yil boʻlgan. Ushbu yilda oʻrtacha harorat sanoatdan oldingi davrga nisbatan 1,5 darajaga yuqori boʻldi (1850 yildan 1900 yilgacha boʻlgan davr, uning oʻrtacha haroratiga nisbatan global haroratning oʻzgarishi oʻlchanadi).

Gidrometeorologiya markazining ilmiy direktori 2025 yilning eng issiq beshtalik qatoriga kirishi ehtimoli issiqxona gazlari konsentratsiyasining oshishi tufayli global haroratning har yili oshib borishi va bu jarayonning “hali barqarorlashtirilmagani” bilan bogʻliqligini taʼkidladi. Vilfandning qoʻshimcha qilishicha, atmosferaning holati va havo haroratining oshishiga okean haroratining yuqoriligicha qolayotgani taʼsir koʻrsatmoqda.

Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) ekspertlari iqlim oʻzgarishi fonida 2024 yilda dunyoda 152 ta “misli koʻrilmagan” ob-havo hodisalari sodir boʻlishini maʼlum qilgan edi.

WMO tadqiqotchilarining fikriga koʻra, bunday ekstremal hodisalar oziq-ovqat inqirozining yomonlashishiga yordam berdi va katta iqtisodiy yoʻqotishlarga olib keldi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid