Qibraydagi mahallada yongʻin yuz berdi
Hozirda yongʻin oʻrab olingan va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Qibray tumanida yongʻin sodir boʻlmoqda. FVVga koʻra, hodisa bartaraf eetilmoqda.
Bugun, 24 mart kuni Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Doʻrmon” MFY, Maʼrifat koʻchasida joylashgan uylarda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida viloyat FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib borib, yongʻin oʻrab olingan va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga Toshkent viloyati va tuman FVB rahbariyati yetib borgan.
Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi, deyiladi xabarda.