platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda bir guruh IIB mansabdorlari ishdan olindi

Ular orasida Koʻkdala va Kitob tumanlari IIB boshliqlari ham bor.  Toʻqqiz amaldor esa keskin ogohlantirildi. 

Qashqadaryoda bir guruh IIB mansabdorlari ishdan olindi

Qashqadaryo viloyatida qator IIB mansabdorlari ishdan olindi.

Viloyatda kompleks inspektorlik tekshiruvi natijalari yuzasidan Ichki ishlar vaziri tomonidan respublika ishchi guruhi, viloyat hamda tuman-shahar ichki ishlar organlarining masʼul rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirokida hisobot yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda xizmat faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan sohaviy xizmatlar hamda hududiy IIB rahbarlari faoliyatiga huquqiy baho berildi.

Jumladan, Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari, viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimi boshligʻi, Koʻkdala va Kitob tumanlari IIB boshliqlari, Koson va Kasbi tumanlari IIB boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari, Muborak tumani va Qarshi shahri IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boʻyicha oʻrinbosarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, viloyat IIB boshligʻining Jamoat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari, Tergov boshqarmasi boshligʻi, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻi, Yoʻl harakati xavfsizligi Qidiruv-surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi, Kasbi tumani IIB boshligʻi va uning Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Qarshi shahar, Koson va Muborak tumani IIB boshliqlariga keskin intizomiy jazolar qoʻllanildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid