platina.uz

Qamoqqa olingan Ekrem Imomoʻgʻli Turkiya prezidentligiga nomzod boʻldi

Uning nomzodini 13,2 mln kishi qoʻllagani aytilmoqda. 

Jahon
24-mart, 9:44
Qamoqqa olingan Ekrem Imomoʻgʻli Turkiya prezidentligiga nomzod boʻldi

Qamoqqa olingan Ekrem Imomoʻgʻli Turkiya prezidentligiga nomzod boʻldi.

Faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan Istanbul hokimi va muxolifatchi siyosatchi Ekrem Imomoʻgʻli Respublika Xalq partiyasidan (ChP) Turkiya prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatildi. Bu haqda ovoz berish tashkilotchilari praymeriz yakunlanganidan keyin maʼlum qildi, deb yozadi Sozchu.

ChP praymerizlarida 15 million turk fuqarosi ishtirok etdi - bu mamlakatdagi roʻyxatga olingan barcha saylovchilarning deyarli toʻrtdan bir qismi. Ulardan 13,2 millioni yagona nomzod boʻlgan Imomoʻgʻliga ovoz bergan.

Partiya raisi Oʻzgʻur Oʻzel Erdoʻgʻonni muddatidan oldin saylovlar haqida qaror qabul qilishga va davlat rahbari lavozimi uchun Imomoʻgʻli bilan shaxsan raqobatlashishga chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, Imomoʻgʻli qoʻlga olingach, unga korrupsiya va terrorizmga aloqadorlik ayblovi qoʻyildi. Turkiya shaharlarida namoyishlar boʻlib oʻtmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+