platina.uz
Jamiyat

Namanganda jamoat transporti narxlari oshirildi

Avtobusda naqd toʻlov bir kishi uchun 3 ming soʻmni tashkil etadi.

Namanganda jamoat transporti narxlari oshirildi

Namangan viloyatida jamoat transportida yoʻlkira oshmoqda. Bu haqda hokim Shavkat Abdurazzoqovning 24 mart kuni chiqqan qarorida aytib oʻtilgan.

Unga koʻra, avtobusda naqd toʻlov bir kishi uchun 3 ming soʻmni tashkil etadi. Kartalar orqali elektron toʻlov qilinganda bu miqdor 2300 soʻmni tashkil etishi belgilangan.

Bir yoʻlovchining bagajini tashish bilan bogʻliq xarajatlar 3 ming soʻm, ogʻirligi 20 kgdan oshiq yuklar uchun ham 3 ming soʻm toʻlov undiriladi. Shahar transportida 7 yoshgacha boʻlgan bolalardan toʻlov olinmaydi.

Shahar atrofi va viloyat ichi aro yoʻnalishlarda bir kilometr uchun 260 soʻm, yoʻnalishli taksilarda 410 soʻm narx belgilandi.

Qaror eʼlon qilingan kun (24 mart)dan kuchga kirishi belgilangan.

Jamoat transporti tarif rejalari bir kunlik tarif 7 ming soʻm, bir oylik 200 202 soʻm, bir yillik 1 mln 642 ming soʻmni tashkil etadi.

Bu narx oʻquvchilar uchun kunlik 4 ming soʻm boʻlsa, oylik miqdor 100 ming soʻm, yillik miqdor esa 912 ming soʻmni tashkil etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid