platina.uz
Jamiyat

Maishiy texnika pullarini oʻzlashtirgan menejer va kassir jazolandi

Ular sudda oʻz aybiga toʻliq iqrorlik bildirgan. 

Maishiy texnika pullarini oʻzlashtirgan menejer va kassir jazolandi

2025 yil 27 fevral kuni jinoyat ishlari boʻyicha Beshariq tumani sudida maishiy texnika pullarini oʻzlashtirgan shaxslarga hukm oʻqildi. Sud hukmi nusxasi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, A.A. 2024 yil 16 yanvar kunidan “Texnomart” MChJning Beshariq filiali menejeri lavozimida ishlab kelgan. U kassir U.T. bilan oldindan til biriktirib, bir guruh boʻlgani holda 2024 yil yanvar oyi oxiridan 2024 yil iyun oyi oxiriga qadar xizmat mavqeidan foydalangan holda filial tomonidan oʻziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida boʻlgan ancha miqdordagi 63.334.215 soʻmlik, jami 15 turdagi maishiy texnika va boshqa elektrotexnika tovarlarni boshqa shaxslarga sotgan.

Soʻngra pullarni shaxsiy ehtiyojlari yoʻlida sarflab, oʻzganing ancha miqdordagi mulkilarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-taroj qilgan.

Har ikkala sudlanuvchi sodir etgan jinoiy qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyat natijasida yetkazilgan zararlar toʻliq qoplanganini, shaxsini, muqaddam sudlanmaganini aytib, qonuniy yengillik berishni soʻradi.

JKning 167-moddasi 5-qismida “yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi” deb koʻrsatilgan.

Yakuniy sud hukmiga koʻra, har ikkala sudlanuvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida (10.200.000 soʻm) jarima jazosi tayinlandi.

Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid