platina.uz
Jamiyat

Hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan oʻtkazish vakolatli organlar tashabbusi asosida amalga oshiriladi

Aholi va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qilindi. 

Hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan oʻtkazish vakolatli organlar tashabbusi asosida amalga oshiriladi
Aholi

Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish vakolatli organlar tashabbusi asosida (proaktiv shaklda) amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 12 dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019 yil 20 avgustdagi 698-son qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish davlat xizmati proaktiv shaklda koʻrsatilishi belgilandi.

Endilikda aholi va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qilindi.

Muddati kelgan hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish taʼminotchi korxonalar zimmasiga yuklandi.

Maʼlumot uchun: proaktiv davlat xizmati – jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz, vakolatli organlar tashabbusi bilan koʻrsatiladigan xizmatlar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid