platina.uz
Jamiyat

“Halol Bozor" nomi ostida ish koʻrgan platformaga chora koʻrildi

Natijada platformaning nomi ixtiyoriy ravishda oʻzgartirilgan. 

“Halol Bozor" nomi ostida ish koʻrgan platformaga chora koʻrildi

“Halol Bozor" nomi ostida koʻchmas mulklar savdosini amalga oshiruvchi platformaga chora koʻrildi.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan monitoringlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Halol Bozor" nomi ostida koʻchmas mulklar savdosini amalga oshiruvchi xizmatlar toʻgʻrisida reklama axborotlari joylashtirilganligi aniqlandi.

Dastlabki oʻrganishlarda xususiy uy-joy savdosi toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi axborot resursi orqali koʻchmas mulk olish niyatida boʻlgan fuqarolarni chalgʻitish maqsadida oʻz axborot resursi nomlanishida asossiz ravishda “Halol Bozor" nomidan foydalanganligi maʼlum boʻldi.

“Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasiga koʻra, nomaqbul (noaniqligi, bir xil maʼnoli boʻlmaganligi, boʻrttirib yuborilishi, yashirib ketilishi, tarqatilish vaqti, joyi va usuliga nisbatan talablarning hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarning buzilishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalgʻitadigan yoki chalgʻitishi mumkin boʻlgan) reklama taqiqlangan.

Shuningdek, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning “Halol” sertifikati yoki “Halol” nom odatda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash va tashish jarayonlarida qoʻllanilishi, turli reklama va eʼlonlarida aholini chalgʻituvchi “halol” soʻzini qoʻshish bilan mijozlar sonini koʻpaytirishni maqsad qilingani boʻyicha ham umumiy xulosasi mavjud.

Yuqoridagilarga koʻra, "Halol Bozor" axborot resursini yurituvchi shaxslarga reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari haqida tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, qonunbuzilish holatini kelgusida takrorlamaslik yuzasidan koʻrsatma xati kiritildi.

Natijada “Halol Bozor” platformasi nomi ixtiyoriy ravishda boshqa nomga oʻzgartirilishi taʼminlandi, deyiladi qoʻmita xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid