platina.uz

Xusiylar Isroil poytaxtiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi

Bunga yahudiy armiyasining Gʻazoda urushni qaytadan boshlashi sabab boʻlgan. 

Jahon
22-mart, 13:29
Xusiylar Isroil poytaxtiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi

Yamanning "Ansor Alloh" (husiylar) harakati Tel-Aviv aeroportiga gipertovushli ballistik raketa uchirgani haqida xabar berdi.

Harakatning taʼkidlashicha, raketa "oʻz vazifasini bajargan". Isroil buni rad etib chiqdi.

" Biz ishgʻol qilingan Yaffa hududidagi Ben Gurion aeroportiga “Falastin-2” gipertovushli ballistik raketasi bilan zarba berdik”, — deyiladi harakat qurolli kuchlarining X ijtimoiy tarmogʻida.

Xusiylar, shuningdek, Isroilga raketa otishni davom ettirishlarini aytdi. Ular Ben Gurion aeroportini parvozlar uchun xavfli deb atadi.

Isroil mudofaa kuchlari husiylar gipertovushli raketa uchirganini tasdiqladi. Biroq havo kuchlari uni mamlakat havo hududiga kirmasdan turib urib tushirgan.

21 martga oʻtar kechasi ham husiylar Tel-Aviv yaqinidagi harbiy obʼektga gipertovushli raketa zarbasi berilganini ham eʼlon qildi. Harakat mamlakat rasmiylarining Gʻazo sektoridagi harbiy amaliyotlarni davom ettirish qarori fonida Isroilga qarshi hujumlarni qayta boshladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+