platina.uz

Shavkat Mirziyoyev Abduqodir Husanov bilan uchrashdi

Husanov 21 mart kuni "Yangi Oʻzbekiston" bogʻida boʻlib oʻtgan Navroʻz tantanasida ishtirok etgan. 

Sport
22-mart, 9:12
Shavkat Mirziyoyev Abduqodir Husanov bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev futbolchi Abduqodir Husanov bilan uchrashdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.

Oʻzbekiston milliy jamoasi hamda "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov 21 mart kuni "Yangi Oʻzbekiston" bogʻida oʻtgan Navroʻz tantanasida ishtirok etib, tadbirdan keyin prezident Shavkat Mirziyoyevga imzosi tushirilgan "Manchester Siti" dagi libosini sovgʻa qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Husanov yaqinda Oʻzbekiston terma jamoasi safida Qirgʻizistonga qarshi oʻyin oʻtkazdi.

Shuningdek, futbolchi yaqinda Eronga qarshi ham maydonga tushadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+