platina.uz

Tramp va Putin Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan tabrikladi

XXR raisi Si Szinpin ham Oʻzbekiston prezidentini qutlab, tabrik yoʻllagan. 

Siyosat
21-mart, 13:15
Tramp va Putin Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan tabrikladi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi.

"Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.

Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan oʻzaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarni bundan buyon ham doʻst xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yoʻlida faol rivojlantiramiz, deb ishonaman", deyiladi Putinning tabrigida.

Donald Tramp yoʻllagan tabrikda shunday deyiladi:

"Mamlakatlarimiz oʻrtasida mustahkam rishtalar oʻrnatilayotganligini yuksak qadrlayman va Sizning izchil islohotlar dasturingizni olqishlayman. Savdo aloqalarimizni kengaytirish va zamonamizning eng yirik muammolarini hal etish yoʻlida hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutaman.

Buyuk davlatlarimiz ravnaq sari intilayotgan bir paytda, Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini doimo qoʻllab-quvvatlashga sodiq boʻlib qoladi".

XXR raisi Si Szinpin ham Oʻzbekiston prezidentini qutladi.

"Men Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beraman va yaqin doʻstligimizni yuksak qadrlayman.

Siz bilan birgalikda barcha sohalardagi hamkorlikni ilgari surish, Xitoy va Oʻzbekistonning yagona taqdir hamjamiyatini barpo etish ishlarini boyitish uchun harakat qilishga tayyorman", deyiladi tabrikda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+