platina.uz
Jahon

Tramp taʼlim vazirligini tugatishda oid farmonni imzoladi

Biroq vazirlik toʻliq yopilishi uchun tashabbusni Kongress maʼqullashi kerak. 

Tramp taʼlim vazirligini tugatishda oid farmonni imzoladi

Donald Tramp AQSh Taʼlim vazirligini tugatish jarayonini boshlagan farmonni imzoladi.

Marosim boʻlib oʻtgan Oval kabinetda Tramp uchun alohida parta bilan butun bir maktab sinfi qurilgan.

"Biz uni imkon qadar tezroq yopamiz", dedi AQSh prezidenti. "Vazirlik bizga hech qanday foyda keltirmaydi."

Tramp, aksariyat respublikachilar singari, departamentni yopishni uzoq vaqtdan beri talab qilib kelgan, biroq uning toʻliq bekor qilinishi uchun Kongress maʼqullashi kerak, buning imkoni yoʻq, deya taʼkidlaydi OAV vakillari.

Farmon taʼlim vaziri Linda MakMaxonga departamentni yopishga yordam berish uchun "barcha zarur choralarni koʻrishga" va taʼlim boʻyicha hokimiyatni shtatlarga qaytarishga yoʻnaltiradi.

Nashrning taʼkidlashicha, hujjat Taʼlim vaziri Linda Makmaxonga agentlikning yopilishiga yordam berish uchun "barcha zarur choralarni koʻrish"ni buyuradi.

WSJ xabar berishicha, departamentni yopish yoki uning funksiyalarini Kongress ruxsatisiz boshqa tashkilotlarga topshirish harakatlari Tramp maʼmuriyati uchun huquqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Mart oyi boshida agentlikni yopish haqidagi buyruq Tramp inauguratsiyasidan beri tayyorlanayotgani xabar qilingandi.

Biroq 6 mart kuni vazirlikni tugatish haqidagi farmon kutilganidek imzolanmadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid