platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Afgʻonistonga hayitlik yubordi

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, bugʻdoy, makaron mahsulotlari, oʻsimlik yogʻi, shakar, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh oʻrin olgan.

Oʻzbekiston Afgʻonistonga hayitlik yubordi

Navroʻz bayrami va Ramazon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston hukumati Afgʻoniston xalqiga insonparvarlik yuki yubordi.

Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq Afgʻoniston aholisiga qariyb 200 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan yuk Balx viloyatiga yetkazildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, bugʻdoy, makaron mahsulotlari, oʻsimlik yogʻi, shakar, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh oʻrin olgan.

Shuningdek, Mozori Sharif shahrida oʻtkazilgan ikki tomonlama uchrashuvda Oʻzbekiston tomonidan Afgʻonistonda barpo etilayotgan Imom Buxoriy maqbarasi qurilishi haqida ham alohida fikr almashildi.

Afgʻoniston rasmiylari Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga koʻrsatayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirib, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yoʻllashdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid