platina.uz

Tramp Eronga ikki oy muhlat berdi

AQSh prezidenti Erondan yangi yadroviy kelishuv boʻyicha muzokaralar olib borishni talab qilgan va taklif rad etilsa oqibatlari haqida ogohlantirgan. 

Jahon
20-mart, 13:50
Tramp Eronga ikki oy muhlat berdi

Prezident Donald Tramp Eronga AQSh bilan yangi yadroviy kelishuvga erishish uchun ikki oy vaqt berdi.

Bu haqda AQSh prezidentining oʻtgan hafta Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyga yuborgan maktubida aytilgan, deya xabar beradi Axios amerikalik rasmiylar va yana ikki manbaga asoslanib.

Nashrning yozishicha, Donald Trampning maktubi tahdidli boʻlgan. Unda AQSh prezidenti yangi yadroviy kelishuv boʻyicha muzokaralar olib borishni talab qilgan va uning taklifi rad etilsa, oqibatlari haqida ogohlantirgan.

Axios taʼkidlaganidek, maktubda Tramp ochiq muzokaralarni istamasligini aytdi va bitim tuzish uchun ikki oylik muddatni koʻrsatdi. Xabarda bu maktub olinganidan keyin yoki muzokaralar boshlanganidan keyingi vaqtga tegishli ekanligi aniq emas.

Nashr manbalariga koʻra, Oq uy maktub mazmuni haqida AQShning bir qancha ittifoqchilari: Isroil, Saudiya Arabistoni va BAAni xabardor qilgan.

Oq uy va Eronning BMTdagi missiyasi bu maʼlumotga izoh berishdan bosh tortdi, deb yozadi jurnalistlar.

Donald Tramp yanvar oyida Oq uyga qaytganidan beri Tehron bilan yangi yadroviy kelishuvga intilyapti. 12 mart kuni Ali Xomanaiy maktubni olganidan keyin Trampning muzokaralar taklifini “aldash” deb atadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+