Oʻzbekiston Toshkentda kichik hisobda gʻalaba qozondi
JCh-2026 saralash bosqichida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston termalari toʻqnash keldi.
Sport
20-mart, 22:42

Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida JCh-2026 saralash bosqichida Oʻzbekiston vva Qirgʻiziston termalari toʻqnash keldi.
Oʻzbekiston ustunligida oʻtgan bahsda kichik hisob qayd etildi.
Dastlab Eldor Shomurodov penaltini golga aylantira olmadi. Ammo Hojiakbar Alijonov 40-daqiqada gol urishga erishdi.
70-daqiqada Eldor Shomurodov urgan gol ofsayd sabab hisobga olinmadi.
Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi. Oʻzbekiston hisobidagi ochkolar soni 16 taga yetdi.