platina.uz
Jamiyat

Uzum Oʻzbekiston bozorida ustun mavqega ega deb topildi

Platformaning elektron savdo maydonchalari (marketpleyslar) bozorida katta ulushga egaligi eʼtirof etilgan. 

Uzum Oʻzbekiston bozorida ustun mavqega ega deb topildi

Uzum Oʻzbekiston bozorida ustun mavqega ega deb topildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 1 maydagi 256 sonli qarori 2 ilovasi bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeini va ustun muzokara kuchini eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda raqamli platforma operatorining ustun mavqega ega deb eʼtirof etishning mezonlari belgilangan.

Ushbu Qarorga muvofiq, Raqobat qoʻmitasining tegishli buyrugʻi bilan elektron savdo maydonchalari (marketpleyslar) bozorida "UZUM MARKET" MChJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida eʼtirof etildi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid